Bonus tizimi
Foiz, muddat, aktivlashish vaqti — hammasi sizda. Ball faqat kassir chekni tasdiqlagach beriladi.
Stoldagi QR, Telegramdagi ilova va kassadagi 4 xonali kod. Mijoz ball yig'adi, siz esa uni ismi bilan taniysiz. Yangi dastur o'rnatilmaydi — hammasi Telegram ichida.
Reklamaga pul sarflaysiz, mijoz bir marta keladi va yo'qoladi. Uni nima qaytaradi? Qaytib kelishga arziydigan sabab.
Kim necha marta kelgani, nimani yoqtirishi — hech qayerda yozilmaydi. Kassir yodida saqlaydi, u ishdan ketsa ma'lumot ham ketadi.
Doimiy chegirma — bu har safar yo'qotilgan pul. Bonus esa faqat mijoz QAYTIB kelganda sarflanadi.
Smena oxirida qancha pul bo'lishi kerakligini bilmaysiz. Farq bo'lsa — kim, qachon, qanchaga xato qilgani noma'lum.
Har bir bo'limni alohida yoqib-o'chirasiz. Saboyda ishlaydigan kafega stol ham, musiqa ham kerak emas.
Foiz, muddat, aktivlashish vaqti — hammasi sizda. Ball faqat kassir chekni tasdiqlagach beriladi.
Mijoz skanerlaydi — stolga bog'lanadi. Endi ofitsiant chaqirishi va hisob so'rashi mumkin.
Smena o'zi ochiladi. Yopishda kassada qancha pul bo'lishi kerakligi chiqadi, farq egaga Telegramga ketadi.
Kunlik, haftalik, oylik, yillik. Kassirlar kesimida. A4 da chop etiladi yoki PDF qilib saqlanadi.
Mijoz ilovadan chaqiradi — menejer telefonida chiqadi. Javob bo'lmasa kassaga, keyin egasiga xabar ketadi.
Chekdan 20 daqiqa keyin baho so'raladi. Past baho darhol menejerga tushadi — mijoz hali kafedaligida.
Mijoz ballni sovg'aga almashtiradi, kassada kod bo'yicha tasdiqlanadi. Zaxira avtomat kamayadi.
Mijoz ball evaziga qo'shiq buyurtma qiladi. DJ panelida navbat, narxni DJ o'zi belgilaydi.
Hech qanday ilova yuklanmaydi, kartochka berilmaydi, anketa to'ldirilmaydi.
Telegram ochiladi, bir tugma bilan raqamini yuboradi. 15 soniya.
4 xonali kod yoki bitta tugma — kassir ekranida mijoz o'zi chiqadi.
Telegramga xabar keladi: qancha yig'ildi, balans qancha. Qaytishga sabab paydo bo'ladi.
Chek raqami va summasi — shu. Smena o'zi ochiladi, ball o'zi hisoblanadi.
Tushum, smena farqi, shikoyatlar — Telegramga xabar bo'lib keladi. Kafeda bo'lish shart emas.
Mijozlar bazasi kafega tegishli. Har kafening ma'lumoti alohida faylda saqlanadi, aralashmaydi.
Birinchi 14 kun bepul. Karta biriktirilmaydi, avtomat yechilmaydi — sinab ko'rasiz, keyin qaror qilasiz.
Yillik to'lasangiz narx bir yil o'zgarmaydi — tariflar ko'tarilsa ham sizga eski narx qoladi.
Narxlar bitta kafe uchun. Bir nechta filial bo'lsa — har biri alohida hisoblanadi, chegirma beriladi.
Arizani qoldiring — bugun qo'ng'iroq qilamiz, ertaga kafengiz ishlaydi.